Joriy yilda Toşkent davlat yuridik universitetda bölib ötadigan kiriş imtihonlarida adolatni ta'minlaş maqsadida bir qança yangiliklar amalga oşiriladi. Bu haqida universitet qabul komissiyasiga asoslanib, Xuşnudbek Xudayberdiyev öz saytida ma'lum qildi.

Şunday yangiliklardan biri test sinovlari ötkaziladigan binoga kirişda abituriyent mikrokalkulyator, luğat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va şpargalkalar olib kirişga harakat qilgani nazoratçilar tomonidan aniqlansa, öşa abituriyentga dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan çetlaştiriladi.

Aslida uşbu qoida yangilik emas. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom”da ham, undan oldin amalda bölgan nizomlarda ham mazkur qoida belgilab qöyilgan edi. Biroq uşbu qoidaga doim ham qat'iy amal qilinmas, abituriyentlarning mazkur nojöya xatti-harakati aksariyat hollarda keçirilardi.

Endi joriy yildan boşlab, mazkur qoidaga qat'iy amal qilinadi. Test ötadigan binoga qöşimça vositalar olib kirişga uringan abituriyent aniqlanişi zahoti, test sinovlariga kirmasidanoq, imtihondan çetlaştiriladi.

Qabul komissiyasi bergan ma'lumotlarga köra, barça abituriyentlar nomiga maxsus ogohlantiriş xatlari tayyorlandi va DTM varaqasini olişga kelgan har bir abituriyent yana bir bor bu haqida ogohlantiriladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilda TDYuUga jami 600 nafar talaba qabul qilinadi va özbek guruhiga 5178 nafar, rus guruhiga esa 954 nafar abituriyent hujjat topşirgan. Ötgan yilgi bilan soliştirganda abituriyentlar soni 1736 nafarga (39,5 foiz) oşgan.