Fransiyaning Mon-de-Marsan shahri meri Sharl Deyo o‘z va'dasining ustidan chiqdi. Bu haqda 101 Great Goals nashri xabar bergan.
Gap shundaki, o‘tgan mavsum Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalida «PSJ» «Barselona»ni 4:0 hisobida mag‘lub etgach, rahbar kataloniyaliklarning keyingi bosqichga chiqolmasligini, agar ular bu ishni eplay olsa sichqonni yeyishga va'da bergandi.
Javob o‘yinida «Barselona» 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. Deyo esa o‘z va'dasining ustidan chiqishga majbur bo‘ldi.
Yakshanba kuni u omma oldida sichqon go‘shtini iste'mol qilgani tasvirlangan videoni joylashtirdi. Uning fikricha go‘sht quyon go‘shti ta'mini yodga solgan.















