Öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilişi fakt. Barça sukut saqlamoqda
|02:00 / 27.07.2017145 99911 min
Ötgan haftada Farğona viloyatidagi öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilayotganini isbotlovçi audioyozuv paydo böldi. Uşbu audioyozuv Sof.uz naşri tahririyatiga kelib tuşgan bölib, bu haqdagi xabar saytda 21 iyul, juma kuni keçqurun e'lon qilindi.
Uşbu audioyozuv Farğona viloyati, Özbekiston tumani xalq ta'limi boşqarmasida ötkazilgan yiğilişga oid bölib, unda tuman xalq ta'limi mudiri öz xodimlariga qöpol munosabat qilişdan taşqari, bir neça örinlarda Özbekiston qonunçiligiga zid fikr yuritgan, Mehnat Kodeksidan bexabarligini, boxabar bölsada, qonunni hurmat qilmasligini körsatgan.
Yiğiliş ötgan haftaning çorşanba kuni, bir hafta muqaddam bölib ötgan. Özbekiston tumani xalq ta'limi bölimi mudiri Nafisa Nişonova öquvçilarning ta'limdan köra qişloq xöjaligini birinçi öringa qöyişi - öz vakolatiga kirmaydigan masalani ta'limdan ustun körişi, viloyat hokimi buyruğiga qarşi çiqadigan öqituvçilarni (maktab direktorlari) ogohlantirişi, majburiy sotilgan kitoblarning pullarini tezroq tölab qöyiş kerakligi, öqituvçilarga yozda buğdoy örniga kartoşka ekişni, öqituvçilar nafaqaxörlardan oylik maoşini plastikka ötkazib beriş söralgan arizalar olib kelişni buyurişini quyidagi audioda tinglaş mumkin.
«Qişloq xöjaligi birinçi masala. Har kuni maktablar tört nafardan, boğçalar ikki nafardan odamingiz rayononi oldiga! Har kuni. Men özim aytaman kim-kim turişini. Men bölib qöydim uç kun, uç kundan. Bittadan direktor, bittadan boğçadan kelib turadi. Öşa turgan odam birga olib borasiz. Qayerga borsa, birga olib borasiz. Ikki soat, uç soat işlayapti, xolos. Juda ezilib ketgani yöq, issiqdan. Tepasida turmasak, ularning borganlardan foyda yöq. Ularni yölkira qilib jönatamiz, ular dalaga borib, tutqatorga ötirvoladi. Paxtani çekanka qiliş kerak xolos. Ertaga öşa paxta bizga kerak! Meni qanaqa tuşunsangiz tuşunavering, ertaga öşa paxta bizga kerak! Ertaga paxta yaxşi bölsa, biz qiynalmaymiz, bölmasa, biz qiynalamiz. Bilvoling. Fermergayam, boşqasigayam heç narsa kerak emas, ularning maqsadi boşqa. Ularni orasida vijdoni bori kam», deydi öqituvçilarni paxta dalasida tekin xizmatkorday işlatişga buyuraturib.
U boğçalarning majburiy mehnatdagi faolligini maqtay turib, maktab öqituvçilari davomati past ekaniga e'tibor qaratib, davomatni yaxşilaşni talab etadi.
Mudir «viloyat hokimiga qarşi» çiqadiganlar uni oldindan xabardor etişi şartligini aytadi: «Özingizça Amerika oçavermang! Viloyat hokimiga qarşimiz, uning topşiriğiga qarşimiz, desangiz, marhamat. Kirib, aytib ketavering. «Men qila olmayman bu işni. Menga buyurmanglar, men mustasno bu topşiriqdan, deb aytib ketasiz!» deya ogohlantiradi Nişonova.
Mavzuga oid
Şu bilan birga mudir ta'lim sohasi xodimlari mehnatga majburlanayotganini tan oladi: «Ikkinçi ekinga şartnoma qildingizmi fermer bilan? Kartoşka ekar ekanmiz. Nega bizni majbur qilişayapti, nega bizga taşlanyapti. Fermer noinsoflik qilib, ikkinçi ekin uçun rejani sotib olyapti. Bugun kartoşkaning narxi bir kilosi falon pul. Bugun boğça eksa, öziga böladi. Maktabi eksa, sotib, sarmoyasiga tuşiradi, ertaga bir daromad böladi öziga. Şuning uçun aytilayapti. Keyin ana bozordayam 66ta maktabdan bir tonnadan kartoşka çiqsa, 66 tonna kartoşkani sotsa, jinday narxlar tuşib, xalqqa foyda böladi, degan maqsadda qilinayapti bu», degan mudir.
Bundan taşqari, öqituvçilar pensionerlardan nafaqa pullarini naqd pulda emas, plastikda berişni söragani yozilgan arizalarni olib kelişga majburlanmoqda: «Mahallada yurmanglar. Köçada yursangiz, keça prezident boşqaça topşiriq bergan, bugun sizlar boşqaça iş qilyapsizlar, deyişadi. Şuning uçun hamma özining ota-onasi, yaqinlariga tuşuntirsin. Gap-sözlardan xoli bölamiz», deydi mudir.
Audioda majlis iştirokçilari «Ana, ana bölmasam», deya past ovozda e'tiroz bildirayotgani eşitiladi...
Bu audio haftaning dam oliş kunlarida tarqalgani tufayli, Kun.uz sayti davlat taşkilotlari işga çiqişini kutişga qaror qildi. Tahririyat 24 iyul, duşanba kuni Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi bilan boğlandi, vazirga bu audioni yetkaziş söraldi.
Oradan ikki kun ötmoqdaki, na vazir Uluğbek Inoyatov va na uning katta umidlar boğlangan yoş örinbosari Alişer Sa'dullayev bu borada bayonot bergan. (Vaholanki, aslida bunday şov-şuvli xabardan keyin duşanba kuniyoq vazirlikda brifing taşkil etilib, yetakçi naşrlar uçun aniq ma'lumotlar berilişi kerak edi).
Mudirning sözlaridan bilinadiki, unga vazirlik emas, vakolati doirasida bölmagan holda viloyat hokimi tegişli topşiriqlarni berib keladi. Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev bu qonundan taşqari harakatini qanday izohlaydi? Uning topşiriğini bajarayotgan mudira özining asosiy işi yoş avlodning sifatli ta'lim olişini ta'minlaş ekanini unutganmi?
Ular mehnatga majburlaş - jinoyat ekanidan xabardormi?
Eslatma: Özbekiston Republikasida majburiy mehnat Özbekiston Republikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi, «Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida»gi Qonunning 2-moddasi, Mehnat kodeksining 7-moddasi, şuningdek, «Zörlab işlatiş yoki majburiy mehnat töğrisida»gi Konventsiya (1930 yil 28 iyunda qabul qilingan, 1997 yil 30 avgustda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan) hamda «Majburiy mehnatni tugatiş töğrisida»gi Konventsiyaga (1957 yil 25 iyunda qabul qilingan, 1997 yil 30 avgustda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan) köra taqiqlanadi.
Fuqarolar majburiy mehnatdan himoyalaniş uçun sudga murojaat qilişlari mumkin. Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 51-moddasida mehnatga majburlaganlik uçun ma'muriy javobgarlik (eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima) nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksining 177-moddasi «Iş beruvçining burçlari» deb nomlanadi. Unga köra, «iş beruvçi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan işlarni bajarişni, qonunga xilof yoki xodim va boşqa şaxslarning hayoti va soğliği uçunxavf tuğdiruvçi, ularning şa'ni va qadr-qimmatini kamsituvçi harakatlar qilişni talab etişga haqli emas».
Şunday ekan, paxta dalasida işlaş maktab öqituvçisining mehnat vazifasiga kirmaydi!
Hokim va mudira Özbekiston Respublikasi qonunlarini qöpol ravişda buzişmoqda, aytiş mumkinki, qonunlarni oyoqosti qilişmoqda. Buning uçun Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda tegişli jazo belgilangan.
Qayd etiş kerakki, köp yillardan buyon Özbekistonda byudjyetdan maoş oluvçi davlat taşkilotlari xodimlari, xususan, öqituvçilar va tibbiyot xodimlari «tili qisiq qatlam» sifatida majburiy mehnatga jalb etilişi sir emas. Bu haqda endi, mamlakatning yangi davrida yuzaga kelgan şaroitlar tufayli oçiq aytila boşlandi.
Bungaça ham ahyon-ahyonda (aytiş mumkinki, haddan oşirib yuborişganda) bir aybdor topilar va u işdan çetlatilişi bilan yeçim topilişi kuzatilgan. Farğonadagi iş böyiça ham balki, «ehtiyotsizligi» uçun mudir işdan ketar, köp ehtimolki, bundan keyin yiğilişlarga telefon yoki boşqa yozib oliş vositalari olib kiriş taqiqlanar.
Bunga könib bölmaydi. Bir Farğonada emas, respublikaning barça viloyatlarida, tumanlarida öqituvçi mardikorga aylangani haqiqat. Endi hokimlar, senatorlar, vazirlar bu şarmandalikni tan olişi kerak.
Lekin jabrdiyda öqituvçilar çiqib, «bizni majburlab işlatişyapti», deya norozilik bildira olmayapti. Saytga murojaat qilib, özlariga nisbatan adolatsizliklar haqida aytib beradigan öqituvçilar uçraydi, ammo ular öz nomi saytda çiqişiga rozi bölmaydi va ularning jur'ati şu yerda töxtaydi. Buni ular işni yöqotişdan qörqişi bilan izohlaş mumkin.
Natijada ular majburan işlatişlariga majburan könişmoqda. Natijada, senator öqituvçilar obodonçilik va dala işlariga majburiy jalb etilişini inkor qiladi, viloyatlardagi uçraşuvlarda öqituvçilar şikoyat bilan çiqmayotganini dastak qiladi, majburiy mehnat haqida oğiz oçmayotganini aytadi. Yana bir senator esa oçiqçasiga tozalaş işlarini kimdir qilişi kerakligini aytib, maşhur böladi.
Xalq ta'limi vaziri öz xodimlarini himoya qila olmasa, lavozimini topşirişi kerak. Senator xalq muammolaridan bexabar bölsa yoki bunga köz yumsa, bu haqda yolğon gapirsa, u ham öz örniga munosib emas. Kasaba-uyuşmalari majburiy mehnatga qarşi turiş örniga, bu işda boş-qoş bölar ekan, bunday uyuşma yopilişi kerak. Respublika Xotin-qizlar qömitasi yoki siyosiy partiyalardan qandaydir munosabat kutilmaydi ham.
Navbatdagi bu diydiyodan keyin ham nimadir özgarişiga işonç kam. Jamiyatimizda ösmirlar örtasidagi janjallar rezonans keltirib çiqarişi mumkin, odamlarni futbol yoki estrada köp qiziqtirişi mumkin, ammo ta'lim sohasidagi muammolar neça yillardirki e'tibordan çetda qolmoqda. Bu mavzu qayta-qayta kötarilib çiqilişi, ammo bir kundan keyin e'tibor boşqa mavzuga qaratilib, öqituvçilarning ahvoli yana unutilişi mumkin.
Lekin yodda tutiş kerakki, öqituvçi - vatan kelajagi uçun mas'ul şaxs. Uni dam çopiqqa, dam çekankaga, dam kartoşka ekişga, dam köça supurişga, dam metallom yiğişga, gaz va elektrdan qarzdorlarni röyxatga olişgayu, qariyalarga pensiya tölaş bilan boğliq muammolarni hal qilişga safarbar qilar ekanmiz - kelajakni boy beramiz.
Öqituvçining vazifasi maktabda ta'lim berişdir. Paxta ekib, paxta östirib, paxta teriş emas.
Jurnalistning vazifasi jamiyatda röy berayotgan adolatsizliklarni jamoatçilikka körsatib, davlatga savollar beriş, yolğon va korrupsiya bilan kuraşib, jamiyatga qarşi harakatlarni foş etişdir.
Davlatning vazifasi adolatni - hamma öz vazifasini bajarişini ta'minlaş.