Tahririyatga yana bir maktub kelib tuşdi. Öz nomini oşkor etişni istamagan muallifning kasbi öqituvçi bölib, u öz keçinmalari va vaziyati xususida xabardor etgan.

Saytingizga ançadan beri yozmoqçi bölaman-u, heç qöl tegmaydi. Axir öqituvçimasmanmi, işim faqat dars berişdan iborat emasku. Saytingizdagi «Öqituvçini öz holiga qöying», «Ta'tilni kuzga köçiraylik» kabi maqolalarni öqib, töğrisi avvaliga kuldim va keyin esa beixtiyor közimga yoş keldi, lekin yoş oqmadi, sekingina böğzimda qoldi. Töğrisi, bu hissiyotni tuşuntiriş muşkul. Axir bu kunlar birimiz bölmasa, birimizning boşimizdan ötmoqda-ku… Ketaman… Yana bir yil işlay… Şu sinfim töqqizinçini bitirsin, hammamiz birga xayrlaşamiz…

Bolalarimni yaxşi körmaganimda şu yilning özidayoq köz yumardim, lekin közim qiymaydi. Ahyonda xayol surib qolib, «Öqituvçi kundaligi» degan kitob yozgim, unda kasbimni qançalik yaxşi körsam, uni bajara olmasdan, ortiqça işlar qilib yurganimdan özimni yomon körişimni yozgim keladi. Ba'zan atrofda öqituvçilarga bölgan munosabatlarni körib, bu kitobni yozişga yana çoğlanaman-u, yana vaqt orttirib bölmaydi.

Bir kuni ertalab avtobusda işga ketyapman. Oldingi örindiqda ikki kişi ötirgandi, ulardan biri avtobus bekatida tanişini körib qoldi va deraza orqali salom-alik qilib ötdi. Avtobus yurganidan söng, şerigi uning kimligini söragandiki, javobni eşitib yuragim «şiğ» etib ketdi: «Ee, oddiy bir öqituvçi, maktabda işlaydi».

Bunday munosabatlarni uçrataverib örganib ketarkansan kişi. Hali qarasang «mikrohudud» deb eşiging oldida öqituvçi turibdi, hali qarasang «Aholini röyxatga olyapmiz» deb eşiging ortida öqituvçi turibdi. Yana eşik taqillaydi, qaraysan, öqituvçi: «keçirasiz svet, gazlardagi qarzlar böyiça…»; eşik va öqituvçi: «Uzr, uyingizda nafaqaxörlar bölsa, yozib olgani…», «keyingi yil 1-sinfga çiquvçilarni aniqlaşga…», «Ming bor uzr, şu mahalladagi emas, boşqa maktabda öqiydigan farzandingiz bölsa…» va hokazo. Böldi, «mahallaning yugurdagi» çiqib dars bergani bilan uni eşitadigan heç kim yöq. Çunki har eşikni taqillatib jonga tekkan bu öqituvçi. Bundan taşqari qiladigan işi qoğoz titkilaş bölsa, uning darsga tayyorgarligi bilan hokimiyat yoki mahallaning nima işi bor?! Ana kerak bölsa «rayono» kelib, uning konspekti joyida emasligi, darsga tayyorgarlik körmaganligini tekşirib, jazolab qöya qolsin.

Keling, kuz fasli taasurotlari haqida men ham fikr almaşsam. Bu oltin kuz fasli öqituvçi uçun oltin soçişdek gap. Ja borsa, sentabr oyligingni olmasang, heç joying kamayib qolmaydi, axir sening örningga terimçilar paxta terib yotibdi, ularga non-çoy, xizmat haqi deganday. Yoqmadimi? Unda bor, özing terib kel. Tağin buni birov bilmasin, «paxta siyosati, milliy boyligimizga qarşi çiqasanmi?». Xöp, deb bir oylik pulingni berib qutildim desang, kuz keldi, endi jöja sanaymiz. Oktyabr kelişi bilan, özing ham pul ber, ham kun ora navbati bilan paxta dalasiga çiq. Haşardan birov ölmagan, dars bölsa qoçmas. Amallab yetkazib olasan qolib ketgan mavzularni. Eson-omon kuzdan ötib olsak, buyoği bir gap bölar. Qişda metallom, makalatura va obunalarni yopib olsak, bahorda haşarlar, oylikdan ham bir kunlikni berişni unutmaymiz, çunki baribir majburiy olib qolinadiku?! Ana endi remont ham kelib qoldi, hammaning içida şu öy, bu yil nima bölarkin?! Bu endi yoz kelsa ma'lum böladi. Şunça maşaqqatlar orasida jonimiz mingta emasmi, quyidagi hamma hujjatlarni qilişga ham çiranamiz, kuçimiz yetmaganiga ayb özimizda, pedagog bölib ölmagan jonimiz, baribir qilamiz.