Odessa viloyatining sobiq rahbari va Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining ma'lum qilişiça, Ukraina hukumati uni fuqarolikdan mahrum eta olmaydi. Bu haqda u feysbukda yozdi.
Saakaşvilining ta'kidlaşiça, Ukrainada 13 yildan beri yaşamoqda.
«Menda faqat bitta fuqarolik bor – Ukrainaning, hamda ular meni undan mahrum qila olişmaydi! Hozir meni qoçqin maqomini olişga majburlaşmoqçi. Bu röy bermaydi! Men qayerdadir qolib, qandaydir maqomni oliş niyatida emasman! Ukrainaga qaytiş uçun qonuniy huquqqa erişaman!», - deya yozgan Odessa viloyati sobiq rahbari.
Uning sözlariga köra, Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko u mamlakatda bölmaganida, uni fuqarolikdan «öğrinça» mahrum qilişga qaror qilgan.
«Bugun siz, Pyotr Alekseyeviç [Poroşenko], çegarani bosib ötdingiz. Bugun butun davlat sizning «yangiçasiga yaşaş» va'dalaringiz qanday bahoga ega ekanini tuşundi», - deya qöşimça qilgan Saakaşvili.
Şuningdek, uning sözlariga köra, u Ukraina ğalaba qozonişi va «Yevropadagi juda kuçli» davlat bölişi uçun işlagan.
«Men hozirgi deputatlarning aksariyatidan ham köproq ukrainalikman. Men Ukrainani butun yuragim bilan yaxşi köraman, hamda kuraşni davom ettiraman», - deya xulosa qildi Saakaşvili.
Avvalroq OAV Saakaşvili Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgani haqida xabar bergandi.











