Amerika prezidenti Donald Trampning Nyu York şahri osmonöpar binolari aks etgan surati kimoşdi savdosida taxminan 29,2 ming dollarga sotildi. Bu haqda Los Anjyelesda joylaşgan Nate D. Sanders Auctions kim oşdi savdo uyi ma'lum qildi.

Gap Trampning Trump Tower binosidan Nyu Yorkning markazi tasvirlangan havaskorlik surati haqida bormoqda. AQŞ prezidenti imzosi çekilgan surat oltinrangli flomasterda çizilgan. Maxsus ramkaga joylangan surat holati juda yaxşi ekani ta'kidlangan. 

Kimoşdi savdo uyida aytişlariça, bu işlanma "noyob hisoblanadi. Çunki, Tramp çizgan suratlardan bir neçtasi ma'lum, xolos". Uning boşlanğiç narxi 9 ming dollardan boşlangan. Xaridor ismi oşkor qilinmagan.

Tramp uşbu suratni 2005 yili ötkazilgan xayriya aksiyasi doirasida çizgan. Xayriya aksiyasini Pitney Bowes kompaniyasi Xalqaro savodxonlik kuni munosabati bilan ötkazgan. U taniqli san'at arboblari, sportçilar, yozuvçilar, rassomlar va siyosatçilardan öziga xos biror narsani çizişni söraşgan. Keyinroq, bu rasmlar kimoşdi savdosiga qöyilgan. Undan tuşgan mablağlar AQŞ va Kanadada savodsizlikni tugatiş markazlariga topşirilgan.