Amerikaning Starbucks kompaniyasi Xitoy bozorini zabt etişni rejalaştirmoqda. AQŞning maşhur qahvaxonalar biznesi East China firmasining 50 foizini xarid qilişini e'lon qildi. Xitoy kompaniyasining qolgan yarmi ayni vaqtda Uni-President Enterprises va President Chain Store firmalariga tegişli. Bitim narxi 1,3 mlrd dollardan oşişi mumkin. Bu haqda CNN-Money xabar qilmoqda.
Agar kelişuv amalga oşgudek bölsa, bu Starbucks tomonidan eng yirik savdo xaridi böladi. Buning natijasida Amerika giganti Şanghay, Tszyansu va Çjetszyan viloyatlarida 1300 qahvaxonaga ega böladi. Ta'kidlanişiça, Starbucks Xitoy bozoriga ijobiy yondaşmoqda.
2016 yili kompaniya Xitoyda 5 yil mobaynida kuniga bitta qahvaxonasini oçişini bildirgan edi. 2021 yilga kelib Starbucks bu mamlakatdagi mahalliy tarmoğini 5 ming savdo nuqtasiga yetkazişni rejalaştirgan.
Ötgan yili Starbucks kompaniyasining sobiq rahbari Hovard Şults: «Biz Xitoyda fantastik yilni tamomladik. Uning natijalari avvalgilaridan juda ham ajoyibdir», degan edi.

















