Odessa viloyatining sobiq rahbari Mixail Saakaşvili uni Ukraina fuqaroligidan mahrum qilişni ortdan piçoq uriş, deb atadi.

«Albatta, bu Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning qörqoqlarça akti, ortdan turib şunçaki piçoq uriş. Bu holatga yuridik jihatdan tuşuntiriş beriş imkonsiz», - deya ma'lum qildi Saakaşvili BBC’ga bergan intervyusida.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Ukrainaga qaytiş niyatida.

«Ukrainaga qaytaman, sababi kişilarning safarbarligi röy beradi, çunki biz şundoq ham kişilarni kuzda safarbar etiş niyatida edik. Kuraş ortib borsa va birinçi imkon tuğilişi bilan men, albatta, qaytaman va faol iştirok etaman», - deya qöşimça qilgan Saakaşvili.

Avvalroq Saakaşvili Ukraina fuqaroligidan nega mahrum etilgani ma'lum qilingandi. Yuliya Timoşenko esa uning fuqarolikdan mahrum qilinişini Kiyev uçun şarmandalik, deb baholadi.