Men 2017 yil 17 mart kuni Kun.uz sahifasida Şahnoza Töraxöjayeva degan adabiyotşunos olimamizning «Lotin yoki kirill - qay biri ma'qul?» nomli maqolasini öqib, menda öz fikrimni bildiriş ğoyasi paydo böldi. Men tilçi yoki adabiyotşunos emasman, mutaxassisligim iqtisodçi, lekin maqolani öqib juda hayratlandim. Agar mana şunday adabiyotşunos olimlarimizdan uç-törttasi şunaqangi kayfiyatda, ikkilanib, çorasiz qolgan insonday lotin alifbosiga fikr bildirsalar, tamom, lotin alifbosining taqdiri hal böladi qöyadi. Kirill alifbosi öz mavqeyini saqlab qoladi va hamma lotin alifbosini unutadi.
Hurmatli olimamiz Şahnoza Töraxöjayeva juda dolzarb muammoni kötargan. Maqolani öqib, lotin alifbosi jonkuyarlari borligiga xursand bölasiz. Haqiqatan ham lotin alifbosiga ötiş muddati çözilib ketdi, lekin bu degani yaxşi boşlangan savob işni yöqqa çiqariş degani emas, balki qöllab-quvvatlaşimiz, lotin alifbosini hayotimizga töliq kirib borişiga erişişimiz lozim.
Hurmatli olimamiz Şahnoza Töraxöjayeva maqolani oxirida kirillga qaytsak-çi, deb 1993 yildan beri litsey, kollej va oliygohlarda öqiyotgan yoş avlodni xohiş-istaklarini inobatga olmagan. Nazarimda, bu ham notöğri yöl emas. Muvaffaqiyatsiz keçayotgan lotinlaştiriş jarayoni bu iş avval boşdan töğri bölganmidi, degan savolni keltirib çiqarişi tabiiy. Xöş, kirill alifbosiga qaytsak, nima böladi? Şunday qilsak, biz tariximizni, ulkan ilmiy va adabiy merosimizni, xususan, tom–tom kitoblar, arxivlardagi gazeta-jurnallar, tarixiy hujjatlarga jo bölgan katta ma'lumotlar ummonini saqlab qolamiz.
Hatto internet sarhadlarida ham kirill alifbosi öz örnini egalladi, avvalgi texnik muammolar öz yeçimini topdi. Biz kompyuter texnologiyalariga yaqin bölamiz deb alifbomizni lotinçalaştirgunça, texnalogiyalarning özi kirill alifbosiga yaqinlaşib oldi. Qolaversa, lotin alifbosini majburan singdirişga urinsak, köpçilik rus tilida yozişga va öqişga ötib ketişi mumkin. Axir hozir farzandini rus maktablariga beriş urfda–ku. Ana şu aks natijani ham nazarda tutişimiz kerak. Bu – kirillning bizga beradigan imtiyozlari. Faqat bir muammo yuzaga keladi: şu paytgaça lotin alifbosida örganib kelgan avlod-çi? U endi savodsiz bölib qoladimi? Asosli hadik.
Lekin yoşlarni örgatiş katta avlodni örgatişdan osonroq, deb oson yölni tanlamoqçilar. Menimça, olimamiz Özbekiston aholisining juda ozçiligini taşkil etadigan va ruslaşişga xohiş-istaklari kuçli bölgan insonlar manfaatini közlab şunday maqola yozgan bölsalar kerak. Öz farzandlarini rus maktablariga beriş oldin ham bölgan, hozir ham mavjud.
Bu bizga heç qanday muammo keltirmaydi. Ota-onasi özbek bölib özbekça gaplaşa olmaydigan zamonaviy özbeklarni nazarda tutganlar menimça. Har qanday millat oldin ona tilini mukammal bilişi, har bir millatni öz alifbosi bölişi şart.















