«Real» boş murabbiyi Zayniddin Zidan International Champions Cup turniri doirasida «Barselona»ga qarşi keçgan va 2:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan uçraşuvdan keyingi fikrlarini bildirib ötdi.
«Biz öyinni juda yomon boşladik, diqqatni jamlay olmaganimiz tufayli yettinçi daqiqadayoq ikkita gol ötkazdik. Keyin biz özimizga kela boşladik, ikki gol urdi, ammo juda yaxşi öynadik deya olmayman.
Heç narsani yaşirayotganimiz yöq. Maydonga çiqqaç, hamişa yaxşi öynaşga harakat qilamiz. Biz yana bir neça kundan keyin «Barselona» bilan öynaymiz. Bugun öyin faqat bir darvoza tomonga böldi deyiş ham töğri emas. Ha, biz öyinni juda yomon boşladik, ammo öyinga qayta oldik. Lekin öyinda yakkakuraşlarni ham boy berdik, bu esa bizga xos emas.
Mavsumoldi yiğinlari davom etmoqda, biz özimiz ham bunday natijalar bölişini kutmagandik. Asosiysi – 8 avgustga tayyor böliş («MYu»ga qarşi Yevropa Superkubogi uçun). Men bugun ba'zi ijobiy jihatlarni kördim, şu bilan birga aksini ham. Sabr bilan işlaş va Superkubok öyiniga tayyorlanişimiz kerak.
Bugungi mağlubiyat menga qattiq ta'sir qilmaydi. Ha, yutqaziş hamişa yoqimsiz, bu heç kimga ham yoqmaydi, ammo hozir asosiysi bu emas. Biz qolgan vaqt davomida öyinimizni yanada yaxşilaşimiz kerak», — degan Zidan.
«Real» Xalqaro çempionlar kubogi davomida bungaça «Mançester Yunayted»ga 1:2, «Mançester Siti»ga 1:4 hisoblarida mağlub bölgandi.












