SAVOL: Men fermer xöjaligimga takroriy ekin ekmoqçiman. Takroriy ekin ekiş uçun sarflanadigan neft mahsulotlarini neftebazalardan sotib oliş uçun xöjalik şartnomasi tuzsa böladimi? Neft mahsulotlarining narxi va tölovi qanday böladi?

Z.ToşpÖlatov,

Samarqand viloyati

JAVOB: Ğalla örimi mavsumidan söng böşagan yerlarga takroriy ekin ekmoqçi bölgan fermer xöjaliklarining (qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçi korxonalarning) taqsimotini şahar yoki tuman hokimliklari tomonidan yetkazib beruvçi va xizmat körsatuvçi korxonalarga taqdim etadi.

Taqsimotda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçi korxonaning neça gektar ekin maydoniga qaysi turdagi takroriy ekin ekmoqçi ekanligi, unga sarflanadigan yoqilği moylaş materiallari miqdori kiritiladi. Şundan söng neft mahsulotlari yetkazib beriş töğrisida şartnoma tuziladi.

Takroriy ekin uçun tölov oldindan 100 foiz amalga oşiriladi va dizel yoqilğisi narxi davlat ehtiyoji uçun yetiştiriladigan ğalla va paxta uçun beriladigan dizel yoqilğisi imtiyozli narxiga 10 foiz ustama qöygan holda belgilanadi.

Savolga «Özneftmahsulot» AK yuriskonsulti Matusmon UTAGANOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.