10:07 / 31.07.2017
5271

«Zenit» va «Lokomotiv» mos ravishda Galiulin va Afoninning jamoalarini mag‘lub etdi

RFPLning uchinchi turi doirasida «Zenit» «Tosno»ga qarshi o‘ynadi. Sankt-Peterburgdagi «Petrovskiy» stadionida kechgan derbi uchrashuvi mehmon maqomidagi Manchini shogirdlarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 10-daqiqasida Oleg Shatov tovoni bilan to‘pni Aleksandr Kokoringa yetkazib berdi, David Yurchenko bilan yakkama-yakka chiqib borgan futbolchi esa to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi.

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va «Zenit» ochkolari sonini 9taga yetkazib, «Axmat» bilan tenglashib oldi. «Tosno» qatorasiga uchinchi o‘yinni ham yutqazdi va 15-pog‘onaga joylashdi.

«Lokomotiv» esa 3-turda «Anji»ni qabul qildi. Moskvadagi «Lokomotiv» stadionida kechgan uchrashuvda ham mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda «Lokomotiv» to‘pga egalik qildi, lekin xavfli vaziyatlar yaratish bo‘yicha tomonlar tenglik ko‘rsatdi.

Tanaffusdan keyin esa mezbonlar o‘yinni to‘la qo‘lga olishdi, faqat gol o‘yinning oxirgi qismida urildi. 81-daqiqada Vladislav Ignatev Manuel Fernandeshga to‘pni yetkazib bergach, u bir necha metr masofada turib, to‘pni to‘xtatmasdan «Anji» darvozasiga yo‘lladi.

Endilikda «Lokomotiv» 9 ochko to‘plagan holda «Axmat» va «Zenit» bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. «Anji» 3 ochkosi bilan 10-o‘rinda qolmoqda.

Bu o‘yinlarda «Anji» va «Tosno» safida o‘zbekistonlik futbolchilar Vadim Afonin hamda Vagiz Galiulin ishtirok etishdi.

Rossiya chempionati
3-tur

Tosno – Zenit 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 10 Kokorin.
Tosno – Yurchenko, Dudiyev, Shaxov, Dugalich, Chernov, Galiulin (Paliyenko, 64), Karnitskiy, Kazayev (Markov, 70), Melkadze (Mirzov, 62), Nunu Rosha, Zabolotnyy.
Zenit – Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Garsiya, Krishito, Kuzyayev, Paredes, Shatov (Dzyuba, 56), Yeroxin, Driussi (Jirkov, 88), Kokorin.
Ogohlantirishlar: Chernov (19), Yeroxin (45), Galiulin (55), Nunu Rosha (87).

Lokomotiv – Anji 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 81 Fernandesh.
Lokomotiv – Gilerme, Barinov (Miranchuk, 69), Kverkveliya, Peychinovich, Ignatev, Denisov, Tarasov, Lysov (Rybus, 46), Miranchuk, Farfan (Mixalik, 90), Fernandesh.
Anji – Solosin, Danchenko, Fibel, Bryzgalov, Poluyaxtov, Afonin, Guliyev, Xubulov (Katsayev, 54), Mamtov (Leskano, 46), Yakovlev (Bazelyuk, 68), Markelov.
Ogohlantirishlar: Tarasov (43), Fernandesh (77), Kverkveliya (86), Fibel (90).

Top