Zangiota tumani tarkibidan ajratilib, yangidan taşkil etilgan Toşkent tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun» manbasi ma'lumotiga köra, Davlat soliq kömitasi raisining örinbosari lavozimidan ozod etilgan Hotambek Şokirov yangi tumanning yangi hokimi böldi.

Hotambek Şokirov (1970 yili tuğilgan) 2015 yil martidan boşlab Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi. U soliq organlari tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boşlagan.

Prezidentning Toşkent viloyatiga safari davomida Zangiota tumani hududi kengayib ketişi ortidan uni boşqariş qiyinlaşgani tufayli, undan Toşkent tumani ajratib olingandi. Toşkent tumani 2010 yili Oliy Majlis Senati qarori bilan Zangiota tumaniga qöşib yuborilgan.

Endilikda, Toşkent viloyatida Zangiota va Toşkent tumanlari mavjud, bu tumanlar markazlari mos ravişda Eşonguzar va Keles hisoblanadi.

Bundan avvalroq «Agrobank»ning sobiq raisi Abduvahob Tamekayev Zangiota tumaniga hokim etib tayinlangandi. U 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Sa'di Şermatov örnini egalladi.