
Beeline aloqa operatori Haj ziyorati vaqtida Saudiya Arabistonida bölgan kompaniya abonentlari uçun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda. Mahalliy rouming-hamkorlar bilan kelişuv yordamida Beeline mijozlari öz raqamlarida arzonlaştirilgan narxlar böyiça aloqada qolişlari mumkin.
Çegirmalar Zain SA (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) va STC (Saudi Telecom Company) operatorlari tarmoğida 2017 yilning 1 avgust kunidan 15 oktabr kuniga qadar quyidagi yönalişlar böyiça amal qiladi:
• Internet (avvalgi narx — $19.66, yangi narx — $1.00)
• SMS (avvalgi narx — $0.60, yangi narx — $0.10)
• Kiriş qönğiroqlari (avvalgi narx — $2.40, yangi narx — $1.00)
• Saudiya Arabistoni böylab mahalliy çiqiş qönğiroqlari (avvalgi narx — $1.80, yangi narx — $1.00)
• Özbekistonga çiqiş qönğiroqlari (avvalgi narx — $3.60, yangi narx — $0.10)
Quyidagi operatorlar abonentlarning telefon ekranlarida «Zain SA», «42004», «KSA04» yoki «STC», «42001», «KSA01» yoki «ALjawal» sifatida körinişga ega bölişi mumkin.















