Avstraliyaning Darvin şahridagi Channel 9 telekanali tahririyatiga kutilmagan mehmon – böğma ilon kirib qoldi. U kompyuterlardan biri ortiga yaşiringan bölgan, deb xabar bermoqda The Telegraph naşri.

Jurnalistlar ilonni tutiş jarayonini videoga olişgan. Xodimalardan biri uni kiyim osgiç bilan tortib olişga muvaffaq bölgan. Şundan keyin u ilonni qöllari bilan uşlab, uni paketga solişga uringan. “Yo Tangri, u kiçkina emas ekan”, deb aytgan kadr ortida kimdir.

Rolikni kanalning yangiliklar bölimi direktori Keyt Limo tvitterdagi sahifasida joylaştirgan va unga raqobatçilarga bildirilgan hazilomuz murojaat biriktirgan: “Hoy, NTNews – siz ilonlarni birinçi sahifaga joylagan bir paytda, biz ularni tahririyatimizda tutmoqdamiz!”.

NTNews ham bunga “Ilonlar bizning idoraga kelmaydi. Ularni timsohlar hurkitadi”, deb munosib javob qaytargan.