2 avgust kuni Xalqaro Press-klubda Özbekiston ekologik harakati taşkil etilganining 9 yilligi munosabati bilan anjuman taşkil etildi. Tadbir spikerlari sifatida Ekoharakat Markaziy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisining örinbosari Saidrasul Sanginov, Qonunçilik palatasi deputati, Ekoharakat deputalari guruhi a'zosi Cadirjon Jakbarov, Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi örinbosari Şohruh Şorahmedov, YeXHTning Özbekistondagi loyihalari ofisi  maslahatçisi Xans Ulrix Im iştirok etişdi. 

2009-2015 yillar davomida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi grant loyihalari va ijtimoiy buyurtmalari asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati va respublikamizning boşqa hududlarida qişloq vraçlik punktlari va boşqa ijtimoiy muassasalarga umumiy qiymati 397 million söm bölgan tibbiy uskunalar, quyoş stansiyalari, şamol generatorlari va suv isitiş kollektorlari örnatildi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan ötgan davr mobaynida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş, aholi salomatligini himoyalaşga oid 12 ta qonun qabul qilindi. Ötgan davr mobaynida Ekoharakat qoşidagi “Işonç telefoni”ga fuqarolardan 3000ga yaqin  murojaat kelib tuşgan bölsa, mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda ularning 70  foizdan ortiğiga ijobiy yeçim topildi. 

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş, ekologik ta'lim va tarbiya tizimini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Oliy öquv yurtlari talabalari va magistrlari örtasida “Global iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça eng yaxşi ğoya” tanlovi, maktab öquvçilari örtasida “Onajonim tabiat” inşolar va rasmlar tanlovini ötkaziş ana'naga aylandi. Markaziy Osiyoda yagona bölgan “Buloqça” – (Rodniçok) bolalar ekologik jurnali naşrdan çiqarilmoqda.

Yiğiliş yakunida Özbekiston ekologik harakati va SEMAK Equipment’s and Technology MÇJ örtasida özaro hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi. Unga köra, Ekoharakat SEMAK Equipment’s and Technology bilan çiqindilarni qayta işlaydigan korxonalar uçun uskuna-agregatlar işlab çiqaradigan korxona taşkil etiş maqsadida umumiy qiymati 5 mln. AQŞ dollariga teng bölgan investitsiya kiritiş böyiça hamkorlik qiladi.