13-14 aprel kunlari istagan inson katta ekoharakatning bir qismiga aylanişi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda shiPOWnik hamjamiyati tomonidan ilgari surilgan butun mamlakat böylab toğli hududlarni çiqindilardan tozalaş va hududlar ekologiyasini saqlab qoliş ğoyasi faollar tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda.
Birinçi aksiya 7 aprel kuni Çimyon hududidagi kanat yöli yaqinida ötkazildi. Bir neça faollar hududni tozalaş işlariga kirişişdi, biroq çiqindilar kölami haddan ziyod kattaligi uçun qöşimça tozalaş işlarini ötkazişga kelişildi.
"Çiqindi şu qadar köpki, biz kiçik guruhimiz bilan butun çiqindilarning atigi 1 foizini ham tozalay olmadik. Döstlar, toğli hududlarni tozalaşga oid xabar bilan imkon qadar bölişsangiz va 13-14 aprel kunlari şanbalikka qöşilsangiz, barçamiz birga kuçmiz!" - deyiladi t.me/shiPOWnik_uz sahifasida.
Ğoya va takliflarni +998 903 707 009 raqami orqali yöllaş mumkin.
Ekoharakatga istagan odam qöşilişi mumkin, taşkilotçilar esa, öz navbatida, transport bilan ta'minlaşga harakat qilişadi.
Biroq keng kölamli hududni tozalaş uçun ekoharakatçilar qöllab-quvvatlaşga muhtoj. Şu bois ular ekologiyani asraş yölida tijorat kompaniyalari, nodavlat notijorat taşkilotlar va manfaatdor şaxslarning kömagiga umid qilişmoqda.

















