Özbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi ilmiy xodimi – kimyogar-olim Şaribay Turemuratov barxan qumdan silikat ğişt tayyorlaş usulini ixtiro qildi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
Uşbu yangi ixtiro, ya'ni silikat ğişt asosan ohak (15%) va Respublikada juda köp miqdordagi barxan qumi (85%) asosida olinadi. Silikat ğişt formasi, ölçamlari va foydalaniş turlari böyiça keramik ğiştdan farq qilmaydi. Silikat ğişt 250x120x65 mm ölçamlarida tayyorlaniladi. Mexanik mustahkamligi böyiça ğişt 75, 100, 125, 150 va 200 marka körsatkiçlariga ega.
Texnik-iqtisodiy körsatkiçlari (afzalliklari) böyiça silikat ğişt keramik ğiştlardan yuqori turadi. Silikat ğiştni işlab çiqiş uçun 2 baravar kam yoqilği, 3 baravar kam elektr energiyasi, 2,5 baravar kam işçi kuçi işlatiladi hamda silikat ğiştning öziga tuşar bahosi 25-35% foizga kamayadi.
Bugungi kunda yangi ğişt turining aprobatsiya va laboratoriyalik tajriba namunasi mavjud bölib, yaqin vaqtlar içida mazkur silikat ğiştning har xil markadagi tajriba-sinov namunalari olinadi va amaliyotda foydalanişga tatbiq qilinadi.

















