Xurşid Mirzohidov Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbarligidan ketdi. 

Hozirça uning iste'fosi sababi aniq keltirilmadi. Turli manbalarning ma'lumotlari bir-biriga mos kelmayapti.

Bundan avvalroq «Kun» manbasi prezident Şavkat Mirziyoyev uni maddohlikka yöl oçib bergani uçun tanqid qilib, işdan böşatgani haqida bergan ma'lumot tasdiqlanmadi.

Eslatib ötamiz, Xurşid Mirzohidov şu yilning fevralida 12 yil davomida televideniyega rahbarlik qilgan Alişer Xöjayev örniga rahbar etib tayinlangandi.