15 oktabr kuni Qirğiziston taşqi işlar vaziri Ruslan Kazakbayev Özbekistonning Qirğizistondagi favqulodda va muxtor elçisi Xurşid Mirzohidovni qabul qildi. Bu haqda Qirğiziston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, suhbat avvalida Özbekiston elçisi Ruslan Kazakbayevni mazkur lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tilagan, şuningdek, Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov nomidan tabriklarni yetkazgan.

Öz navbatida, Ruslan Kazakbayev Özbekiston elçisiga mamlakatdagi vaziyat haqida ma'lumot bergan. U mamlakatdagi siyosiy vaziyat barqarorlaşgani, şuningdek, Qirğiziston parlamentining yangi spikeri saylangani, boş vazir va hukumat a'zolari tayinlanganini ma'lum qildi.
Uçraşuv çoğida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yönalişlari va istiqbollari yuzasidan fikr almaşgan, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar doirasida hamkorlikni mustahkamlaş böyiça keyingi harakatlar muhokama qilingan.
Ruslan Kazakbayev avval erişilgan kelişuvlar töliq amalga oşirilişi muhimligini ta'kidlagan. Şu sababli yaqin vaqt içida Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uçraşişga tayyorligini bildirgan.
Qirğiziston-Özbekiston davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça muzokaralar jarayoni va savdo-iqtisodiy hamkorlikka alohida e'tibor qaratilgan.


















