Jamiyatda huquqiy islohotlarni amalga oşiriş, fuqarolarning erkinligini himoya qiliş haqida yillar davomida gapirib kelinmoqda. Bu borada katta natijalarga erişilganini e'tirof etiş lozim.
Lekin sohada ketma-ket farmon va qarorlarning qabul qilinayotgani hali jarayon davom etayotganini anglatadi. “Özbekiston” telekanalidagi “Muloqot vaqti” körsatuvida mana şu jarayonlar kerakli natijalarga olib kelişi uçun qanday çora-tadbirlar amalga oşirilayotgani xususida söz yuritildi.
Körsatuvda, “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorning asosiy, muhim jihatiga töxtalib, unda yuridik xizmat xodimlarining ijtimoiy himoyasi, moddiy manfaatdorligi oşirilib, ularning qonuniylikni ta'minlaş borasidagi vazifalari doirasi kengaytirilgani xususida söz yuritildi.
Adliya vazirligi tomonidan uşbu sohaga yoş kadrlar, yuristlarni jalb qiliş maqsadida Yuridik universitetda bir neça bor öquv-seminarlari taşkil qilinib, ularda bitiruvçi talabalarga yuridik xizmat haqidagi qonunçilik yangiliklari taniştirilgan, ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng qamrovli tuşunçalar berilgan. Buning natijasida universitet bitiruvçi talabalari orasidan 50 nafarga yaqin bitiruvçi hozirda aynan davlat organlari va taşkilotlari yuridik xizmatida işlaş niyatlarini bildirişdi”, — deydi Adliya vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Ravşan Şaropov.
Bundan taşqari, körsatuv jarayonida ma'lum qilinişiça, yaqin kunlarda yuristlar assotsiatsiyasi yana öz faoliyatini boşlaydi. Hozirda bu borada zarur işlar amalga oşirilmoqda.
Assotsiatsiyaning yangi nizomi işlab çiqilmoqda, uni qayta tasdiqlaş uçun assotsiatsiya yuqori organi — se'zdini çaqiriş borasida tayyorgalik körilmoqda.
Loyihaga köra, taşkilot ustavini tan oluvçi, uning talablarini bajaradigan, kiriş badalini tölagan va a'zolik badallarini muntazam tölab boradigan, qoida tariqasida yuridik ma'lumotga ega bölgan 18 yoşga tölgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi Taşkilot a'zosi bölişi mumkin.
Xuddi şunday loyihada çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar ham Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng şartlarda va tartibda Taşkilotning a'zosi bölişi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
















