Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat boş prokurori Luis Ortega Diasni muxolifat vakillariga homiylik qilişda aybladi. Bu haqda Venezolana de Televisión telekanali xabar bermoqda.

«Prokuraturaning qurolli isyonlarga qatnaşişi, qonunbuzarlarga uç oy yoki undan köproq vaqt davomida himoya taqdim etişi; mamlakat oldida oçiq aytmoqdamizki, agarda bu yerda haqiqatdan ham harakat qilgan prokuratura bölganida, allaqaçon barça... jinoyatçilar qölga olingan, sudlangan va qamoqqa taşlangan bölardi, hamda tinçlik örnatilardi», - degan Maduro.

Avvalroq Maduro Meksika prezidentini Tramp tomonidan “zörlangan xizmatçi” deb atagandi.