Yolğizlik va ijtimoiy izolyatsiya insoniyatga semizlikdan-da katta xavf solmoqda. Brigam Yang Universiteti (AQŞ) psixologlarining fikriça, uşbu omillarning aholiga ta'siri tobora oşib bormoqda va umumbaşariy muammoga aylanmoqda. Bu haqida olimlar Amerika psixologlar assotsiatsiyasining 125-konvensiyasida ma'lum qilişdi. EurekAlert! saytida şu haqida xabar berildi. 

Ekspertlarning ta'kidlaşiça, boşqa insonlar bilan özaro munosabat örnatiş insonning fundamental ehtiyojidir. AARP notijorat taşkiloti tomonidan ötkazilgan Loneliness Study tadqiqoti ma'lumotlariga köra, 45 yoşdan oşgan katta yoşli amerikaliklarning 42,6 millioni surunkali yolğizlikdan aziyat çekadi. 2014 yilgi röyxatdan ötkaziş natijalariga binoan, aholining çorak qismidan köproği yolğizlikda yaşaydi, fuqarolarning yarmidan köpi esa oila qurmagan. 

Olimlar ikki meta-tahlil ötkazib, ularning har birida önlab tadqiqotlar natijalarini birlaştirişgan. Birinçisi 148 ilmiy işni öz içiga olgan, ularda umumiy hisobda 300 ming köngilli iştirok etgan. Ma'lum bölişiça, mustahkam ijtimoiy aloqalar erta ölim xavfining 50 foizga kamayişiga olib kelar ekan. Ikkinçi meta-tahlilda 70 tadqiqot ma'lumotlari örganilgan, ularda Şimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Avstraliyadan 3,4 million kişi qatnaşgan. Olimlarning xulosasiga köra, ijtimoiy izolyatsiya yoki yolğizlik boşqa omillar, jumladan semizlikdan-da köproq erta ölim xavfini keltirib çiqarar ekan. 

Mutaxassislarga köra, soğliqni saqlaş tizimi ijtimoiy aloqalarning aholi salomatligiga ta'sirini inobatga olişi kerak. Şuningdek nafaqaxörlar bir-birlari bilan muloqot qilişi mumkin bölgan köngiloçar maskanlar - dam oliş bazalari va parklar quriş zarurligi ta'kidlangan.