Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatda amalga oşmay qolgan davlat töntarişida iştirok etgan jinoyatçilarning hammasi sud zalida pista rangli kiyimlarda saqlanişi lozimligini ta'kidladi. Bu özgariş faqat öşa voqea iştirokçilariga tegişli bölib, qolganlar odatiy me'yorga rioya qilişi belgilangan. 

Gap şundaki, ötgan oyda ötkazilgan sud majlislari davomida ayblanuvçilardan biri «Qahramon» (HERO) yozuvi tuşiilgan futbolkani kiygan holda söroq qilingan. 

CNNTurk kanali xabarida aytilişiça, mahalliy politsiya 30 nafarga yaqin xuddi şunday kiyimda bölgan ayblanuvçilarni aniqlagan.

«Endi sud zalida futbolkasidagi yozuvga noloyiq ayblanuvçilar bunday kiyimda çiqmaydi», degan Malatya şaharçasida nutq sözlagan mamlakat rahbari Erdöğan.

Kamida 260 kişi vafotiga sababçi bölgan isyon iştirokçilaridan şu kungaça deyarli 50 mingga yaqin kişi qölga olingan.