Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov Turizm qo‘mitasiga rais etib tayinlandi
Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti rasmiy sayti xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 7 avgustda tegishli farmonni imzolagan. Shu munosabat bilan Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining avvalgi raisi Anvar Sharapov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” lavozimidan ozod etilgan.
Aziz Abduhakimov 1974 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 2014 yilning yozidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga rahbarlik qilgan. 2016 yilning fevralida vazirlik Mehnat vazirligiga, joriy yilning mayida esa - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga aylantirildi.
Mavzuga oid
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
22:05 / 23.04.2026