SAVOL: Maktabda xodim va muassasa örtasida şartnoma muddati bir yilga tuzilib, har yili, masalan, avgust oyida şartnoma yana qayta tuzilişi mumkinmi?
Şarif, Qöçqörğon.
JAVOB: Mehnat kodeksining 75-moddasiga binoan mehnat şartnomalari:
- nomuayyan muddatga;
-beş yildan ortiq bölmagan muayyan muddatga;
- muayyan işni bajariş vaqtiga möljallab tuzilişi mumkin.
Agar mehnat şartnomasida uning amal qiliş muddati körsatilmagan bölsa, mehnat şartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat şartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, şuningdek, muayyan işni bajariş vaqtiga möljallab qayta tuzilişi mumkin emas.
Mehnat kodeksining yuqoridagi normasi ta'lim muassasalaridagi iş beruvçi (direktor) va xodim (öqituvçi) munosabatlariga ham tatbiq etiladi.
Bundan taşqari, uşbu kodeksning 76-moddasiga köra muddatli mehnat şartnomalari:
- bajarilajak işning xususiyati, uni bajariş şartlari yoki xodimning manfaatlarini hisobga olgan tarzda, nomuayyan muddatga möljallangan mehnat şartnomalarini tuziş mumkin bölmagan hollarda;
- korxona rahbari, uning örinbosarlari, boş buxgalter bilan, korxonada boş buxgalter lavozimi bölmagan taqdirda esa, boş buxgalter vazifasini bajaruvçi xodim bilan;
qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda tuzilişi mumkin.
Savolga Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi boş yuriskonsulti S.Mirazimov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.















