Özbekiston Prezidenti Ş.Mirziyoyevning 2017 yil 29 iyunda Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumaniga taşrifi davomida berilgan topşiriqlar va kengaytirilgan tarzda ötkazilgan majlis bayoni topşiriqlari ijrosini ta'minlaş, şuningdek Toşkent şahar hokimining 2012 yil 10 martdagi 732-sonli hamda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 2012 yil 18 aprelidagi 137/4-18-sonli "Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni tartibga soliş töğrisida"gi qarorlarining ijrosi samaradorligini oşiriş, şahar aholisi orasida ularning tarğibotini kuçaytiriş maqsadida "Jamoatçilik Kengaşi" tomonidan tavsiya etilayotgan takliflar asosida poytaxtning barça mahallalarida uşbu tartibni tarğib etiş tavsiya etiladi:
1. Nikoh töyi ötkazilayotganidan mahalla xabardorligini ta'minlaş maqsadida FHDYo idoralari tomonidan nikohlanuvçi yoşlarning ariza topşirayotgan vaqtida ularning yaşaş joylaridagi mahallalardan ma'lumotnoma olinişi;
2. Töyxona, restoran va kafelarda ötkaziladigan tadbir iş kunlari soat 7:00dan 9:00gaça, 12:00dan 14:00gaça va 18:00dan 23:00gaça ötkazilişi;
3. Tadbirlarda taklif etilganlar sonining çeklanişi (200-300 kişidan oşirmaslik);
4. Tadbirda diniy mavzuda ma'ruza közda tutilgan bölsa, faqat din sohasi vakili tomonidan ma'ruza qilinişi;
5. Inson tuğilişi bilan boğliq barça tadbirlarni faqat yaqin qarindoşlar davrasida ötkazilişi;
6. Tuğruqxonadan olib çiqiş tadbirini barça sanitar normalarga rioya qilgan holda, ortiqça dabdabalarsiz taşkil etilişi;
7. Beşik töyi, öğil töy, aqiqa kabi marosimlarning 20-30 nafardan iborat yaqin qarindoşlar örtasida ortiqça sarf-xarajat va toğoralarsiz ötkazilişi;
8. Nikoh töyi bilan boğliq marosimlar qisqartirilişi. Şu örinda oqörar va fotiha marosimlarini birlaştiriş, ortiqça xarajat talab qiluvçi barça holatlarga qat'iy çek qöyiş tavsiya qilinadi.
9. Ramazon va Qurbon hayitlarida kelin tomonidan yuboriladigan yöqlovlarga çek qöyiş. Kelin va kuyovning ota-onasi, yaqinlari, ayniqsa keksalarni borib köriş va tarixiy obidalarni ziyorat qiliş yoki turli köngiloçar maskanlariga borişlarini taşkil qiliş.
















