7 avgust kuni Toşkent şahridagi «Poytaxt» biznes markazida Özbekiston fermerlari Kengaşining yiğilişi bölib ötdi, deb xabar beradi Kun.uzga Kengaşning  matbuot xizmati.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.Aripov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatçilari U.Ismailov va O.Murodov, Özbekiston fermerlari kengaşining Kengaş a'zolari - Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar fermerlari kengaşlari rahbarlari, Özbekiston fermerlari kengaşining mas'ul xodimlari iştirok etişdi.

Yiğilişda taşkiliy masala körib çiqildi. Kengaş raisi lavozimida işlab kelayotgan Sodiqjon Turdiyev öz arizasiga asosan Kengaş raisi vazifasidan ozod qilindi va Kengaş a'zoligidan çiqarildi. Kengaş raisi vazifasini bajaruvçi etib Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidan Kengaş a'zosi hisoblangan Bahodir Tursunoviç Yusupov saylandi.

Şuningdek, Kengaş yiğilişida respublika fermerlik harakatining ötgan davrdagi faoliyati, amalga oşirilayotgan işlar, kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan istiqbolli rejalar böyiça fikr almaşildi. 

Yiğiliş yakunida iştirokçilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning takliflari asosida kelgusida soha böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.