«Özdavtemiryölnazorat» davlat inspeksiyasining sobiq boşliği Bahodir Yusupov 75 yoşida vafot etdi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» xabar berdi.

Bahodir Yusupov 1945 yil 22 iyunda tavallud topgan. 1968 yilda Toşkent temir yöl muhandislari institutini tamomlagan. Ilk mehnat faoliyatini Örta Osiyo temir yöli Toşkent teplovoz zavodining oddiy işçisi sifatida boşlab, tizim tasarrufidagi qator korxona va taşkilotlarda turli lavozimlarda, şu jumladan, muovin va keyinçalik rahbarlik lavozimlarida halol mehnat qildi. 

Şuningdek, mustaqillik yillarida Özbekiston temir yöllari boşqarmasida boşqaruv raisining örinbosari, söng birinçi örinbosari-boş muhandis lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi.

B.Yusupov «Mustaqillik», «Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi» esdalik nişonlari, «Faxriy temiryölçi» belgisi hamda «Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan transport xodimi» faxriy unvonlariga sazovor bölgan.

«Mehnat faoliyati davomida temir yöl tizimini rivojlantirişda va sohani ulkan yutuqlarga erişiş yölida butun umrini baxşida etdi.

Öz kasbining fidoyisi, faxriy temiryölçi, taşkilotçi rahbar Bahodir Yusupovning vafoti munosabati bilan «Özbekiston temir yöllari» AJ marhumning oila a'zolariga va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi», - deyiladi xabarda.