«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, OTTO platformasida «Paxta guli» çinni çoy töplamlari, Rişton laganlari va kosalari, namanganlik ustalarning milliy piçoqlari hamda çöyan qozonlar xaridorlarga taklif etilmoqda. Ular orasida yetti buyumdan iborat çoy servizi va keramik likoplar ham bor.

Nemis tilidagi mahsulot tavsiflarida Rişton keramikasiga xos havorang tuslar, nozik sirlama va naqşlar, buyumlarning qölda böyalgani qayd etilgan. Idişlar kundalik foydalaniş, mehmon kutiş, uyni bezatiş va sovğa qiliş uçun tavsiya etilmoqda.

Kaufland onlayn-platformasida esa turli hajmdagi, jumladan, 8–22 litrli özbek çöyan qozonlari va öçoqlari sotilmoqda. Sotuvçilar ularning mustahkamligi, issiqlikni uzoq saqlaşi va turli taomlarni tayyorlaşga qulayligini taʼkidlagan.

Agentlik maʼlumotiga köra, xaridorlar qoldirgan izohlarda ham qozonlarning amaliy jihatlari ijobiy baholangan.

Xabarda Özbekiston mahsulotlarini Yevropa bozorida ilgari surişda milliy dizayn bilan birga sifat va xavfsizlik haqidagi işonçli maʼlumotlar, yetkazib beriş hamda tovarni qaytariş şartlari muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.