Germaniyaning Kyoln şahrida istiqomat qiluvçi Sone Kuyas ismli ayolning çap qöli va har ikki oyoği çivin çaqişi tufayli kesib taşlandi, deb xabar bermoqda Kolner Express.
Kuyasning aytişiça, haşarotning çaqişidan söng özini yomon his eta boşlagan.
«Men darrov şiş paydo bölganini sezdim. Şundan söng qaltiroq boşlandi, boşim aylandi va tanam zirqirab oğrişni boşladi. Mening hamkasbim «tez yordam» çaqirdi», - deya aytib ötdi ayol.
Tahlillardan söng ayolga uyga ketişga javob berişdi, biroq uning ahvoli yomonlaşişda davom etgan. Turmuş örtoği uni şifoxonaga, intensiv terapiya bölimiga olib keldi. U yerda Kuyas komaga tuşgan va bir haftadan söng öziga kelgan. Bu vaqtda esa uning çap qöli va har ikki oyoği qorayib ketgandi. Ular kesib taşlandi. Naşrning ta'kidlaşiça, çivin, aftidan, streptokokk qözğatadigan infeksiyani olib yurgan, hamda çaqişdan söng ayolning qoni zaharlangan.
Avvalroq çivin parvozi sekinlaştirib namoyiş qilingandi.

















