Toşkent viloyati jinoyat sudida Çinoz tumanida moliyaviy piramida taşkil etib, turli noqonuniy moliyaviy amaliyotlarga qöl örgan Ahmadjon Tursunboyev jinoiy işi yuzasidan navbatdagi oçiq sud majlisi bölib ötdi. Majlisda bevosita iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, xalq orasida “Ahmadboy” nomi bilan dong taratgan ayblanuvçi va uning 6 nafar jinoiy şerigi Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 4 ta moddasi bir neça bandlari böyiça ayblov e'lon qilingan.
Mahkama raisi Dilşod Komilovning ma'lum qilişiça, ularga nisbatan JKning 177-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yöl bilan oliş yoki sotiş), 188-moddasi (davlat röyxatidan ötmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad köriş), 189-moddasi (Savdo qiliş yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 190-moddasi 2-qismi “a” va “v” (Lisenziyasiz faoliyat bilan şuğullaniş) bandlarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud majlisida 11 nafar guvohning sözlari tinglandi. Ular, aslida “Çinoz halol çorva” va “Çinoz avto hamkor” MÇJlarga turli miqdorda pul berib, jabr körgan bölsalar-da, uşbu iş yuzasidan guvoh sifatida qatnaşişgan.
Eslatib ötamiz, 2016 yil 16 iyunida “moliyaviy piramida” taşkil etgan Ahmadjon Tursunboyev va uning jinoiy guruhi huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olingan edi.
















