AQŞ ma'muriyati Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori, amerikalik harbiylarning Afğonistondagi jinoyatlarini tergov qilayotgan Fatu Bensudaga qarşi sanksiyalar kiritdi.
AQŞ, şuningdek, sudning yurisdiksiya, komplementarlik va hamkorlik bölimi boşliği Fakiso Moçoçokoni ham “qora röyxat”ga kiritgan.
Sanksiyalar sudning uşbu xodimlarining AQŞdagi aktivlari muzlatilişi va ularning AQŞga kirişlariga taqiqlovni közda tutadi.
“Bugun biz keyingi qadamni amalga oşirmoqdamiz, çunki XJS, afsuski, amerikaliklarni nişonga olmoqda”, deb izoh bergan uşbu qarorga AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo.
Biroq Pompeo uşbu qarorni qabul qiliş uçun turtki bölgan aniq sababni körsatmagan. Davlat kotibi Bensuda va Moçoçokoni moddiy qöllab-quvvatlaşni davom ettiruvçi jismoniy va yuridik şaxslarga ham sanksiyalar qöllanişidan ogohlantirgan.
Pompeoning qöşimça qilişiça, davlat departamenti AQŞning Afğonistondagi harbiy kontingenti xatti-harakatlarini tergov qilişga aloqador boşqa şaxslarga ham AQŞga kirişni çekladi. Biroq AQŞ davlat kotibi aniq ismlarni keltirmagan.
11 iyunda AQŞ prezidenti Donald Tramp XJSning Afğonistondagi harbiy jinoyatlarni tergov qilayotgan xodimlariga qarşi iqtisodiy sanksiyalar kiritişga ruxsat beruvçi farmonni imzolagan.
XJS prokurorlari 2003-2014 yillar davomida Afğonistonda sodir etilgan harbiy jinoyatlarni, bu jinoyatlarga toliblar, Afğoniston hukumati, AQŞ harbiylari va Markaziy razvedka boşqarmasining aloqadorligini tergov qilmoqda.
Human Righs Watch huquqni himoyalaş taşkiloti direktori Riçard Diker uşbu sanksiyalarni tanqid qilib, AQŞning amaldagi ma'muriyati “qonunbuzarlarni jazolaş uçun işlab çiqilgan sanksiyalarning asl mohiyatini buzib, aslida ularni xalqaro jinoyatlarni tergov qiliş vazifasi topşirilgan şaxslarni ta'qib qilişda qöllayotganini” ta'kidlab ötgan.

















