Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Ukrainaga 42 nafar tergovçi, sud ekspertlari va yordamçi xodimlardan iborat guruhni jönatdi.

XJS boş prokurori Karim Xonning ma’lum qilişiça, ular mazkur organ yurisdiksiyasi ostiga tuşadigan jinoyatlarni tergov qiladi.

Ekspertlarning vazifasi guvohlar körsatmalarini töplaş hamda kriminalistik va raqamli materiallarga baho berişdan iborat böladi.

Xonning sözlariga köra, XJS vakillari Ukrainadagi fransuz sud-tibbiyot ekspertlari guruhi va boşqa davlatlar jönatgan jamoalar bilan işlaydi.

XJS Ukrainada sodir etilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlar böyiça mart oyi boşlarida suriştiruv boşlagandi.

Rossiyaning ehtimoliy harbiy jinoyatlari böyiça Ukrainaning özi ham suriştiruv boşlagan. Şuningdek, YeIning 10dan ortiq mamlakatlari öz suriştiruvlarini boşlab yuborgan.