Buxoro şahrini 1997-2011 yillar davomida boşqargan Karim Jamoloviç Kamolov şahar hokimligiga qaytarildi. Buxoro şahri hokimligidagi manba bu ma'lumotni «Kun» naşriga tasdiqlagan.
Ma'lum qilinişiça, bugun, 10 avgust kuni xalq deputatlari Buxoro şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgan.
Sessiyada viloyat hokimi Öktam Barnoyev sözga çiqqan.
Sessiya davomida şu yilning yanvarida Buxoro şahriga hokimlik etib tayinlangan Ixtiyor Farmonov vazifasidan ozod qilingan.
Farmonov örniga avvalroq 14 yil davomida şaharni boşqargan Karim Kamolov Buxoro şahri hokimi etib tayinlangan. Kamolov 2011 yilda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov qarori bilan lavozimidan ozod qilingan, uning örniga Qiyomiddin Rustamov şahar hokimligiga tayinlangandi. Köp vaqt ötmasdan Qiyomiddin Rustamov soğligi tufayli lavozimni tark etadi va uning örnini Hayit Komilov egallaydi. Lekin u 3 oydan keyin avvalgi işidagi jinoyatlari uçun hibsga olinadi. Uning örniga tayinlangan Valijon Örinov esa 2012 yil sentabridan 2017 yil yanvariga qadar lavozimda böladi.
Ixtiyor Farmonovning qisqa muddatda lavozimini tark etişi sababi keltirilmagan.













