O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10 avgust kunidagi 3194-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatida qator kichik sanoat zonalari tashkil qilinadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saytida xabar berildi.
Toshkent viloyatining boy tabiiy-iqtisodiy, mineral-xomashyo, ilmiy-texnik va mehnat salohiyatidan to‘liq foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat korxonalari hamda kichik xususiy korxonalar rivojini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlanitirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida viloyat hududida 17 kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi.
1. Bekobod shahar KSZ - "Bekobodyulsanoat" korxonasi hududi;
2. Bekobod tuman KSZ - mexanik-ta'mirlash korxonasining sobiq garaji;
3. Ohangaron tuman KSZ - sobiq "O‘zbekiston" kollektiv xo‘jaligi garaji binosi va inshooti;
4. Olmaliq shahar KSZ - sobiq UQKning ishlab chiqarish maydoni;
5. Yuqorichirchiq tuman KSZ - tuman shifoxonasining sobiq tug‘ruq bo‘limi binosi;
6. Yangiyo‘l tuman KSZ - Yangiyo‘l 2503-avtokolonnasi;
7. Angren shahar KSZ - sobiq "Rezinotexnika" AJ qozonxonasi binosi;
8. Oqqo‘rg‘on tuman KSZ - "Oqqo‘rg‘on MTYo"ning bo‘sh binosi va inshooti;
9. O‘rtachirchiq tuman KSZ - "Toshkent temir-beton buyumlar zavodi" MChJ binosi va inshooti;
10. Quyichirchiq tuman KSZ - "Do‘stobod tajriba mexanika zavodi" MChJ binosi va inshooti;
11. Chirchiq shahar KSZ - "Suvoqava" DUKning qurilishi tugallanmagan obekti, "Chirchiqselmash" zavodi ishlab chiqarish hududining bir qismi;
12. Bo‘ka tuman KSZ - "Bo‘ka MTK"ning bo‘sh binosi va inshooti;
13. Pskent tuman KSZ - bo‘sh bino va "Pskent MTK" inshooti;
14. Bo‘stonliq tuman KSZ - "G‘azalkent oyna" AJ, shuningdek "O‘zenergosanoat" BBning bino va inshootlari;
15. Qibray tuman KSZ - sanatoriy-profilaktoriyning qurilishi tugallanmagan binosi;
16. Parkent tuman KSZ - "Parkent MTK"ning bo‘sh binosi va inshooti;
17. Chinoz tuman KSZ - "Qishloq xo‘jalik mahsulot ta'minot bazasi" DUKning foydalanilmagan binolari va inshootlari.









