Ilhomboy Otajonov (ism-familiyalar özgartirilgan) ilgari ham firibgarlik bilan boğliq jinoyat sodir qilgan. Öşanda unga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi amnistiya akti asosida tugatilgan edi. Xalqimizda sutdan oğzi kuygan, qatiqni ham puflab içadi, degan maqol bor. I.Otajonov esa öziga berilgan imkoniyatdan töğri xulosa çiqarmay, yana eski «hunar»ini qömsab qoldi, deb yozadi «Huquq» gazetasi.

Ilhomboy 2014 yildan buyon «Qişloq quriliş invest» MÇJ IKning Xorazm filiali «Birlamçi ruxsat beruvçi, loyiha va tanlov hujjatlarini tayyorlaş» bölimi boşliği lavozimida işlardi. U zimmasidagi vazifalarni ado qiliş jarayonida mijozlardan qanday qilib pul undiriş haqida boş qotira boşladi.

Qişloq joylarda namunali loyihalar asosida uy-joy quriş uçun ötkazilgan navbatdagi tenderda A.Saidov ham iştirok etişga ahd qildi. U maslahat va kömak sörab, I.Otajonovga murojaat qildi.

- Özim yordam beraman, - deb oğiz köpirtirdi Ilhomboy. – Hujjatlaringizni taxlab, ğolib çiqişingizni ham ta'minlaymiz. Siz esa köp emas, ozgina – bir yarim million söm taxlasangiz, kifoya.

A.Saidov uning gaplariga laqqa tuşdi. «Işim bitsa, bitaqolsin», deya şu kunning özida Ilhomga 900 ming söm pul keltirib berdi. Oradan köp ötmay yana 100 AQŞ dollari berdi. Ammo tenderda ğolib bölmadi. Bu haqda Ilhomga aytgan edi, u turli bahonalarni rökaç qildi. A.Saidov u bilan paçakilaşib ötiriş befoydaligini tuşundi va pulini qaytib berişni söradi. Otajonov «ana-mana» deya olgan pulini qaytib berişni paysalga sola boşladi. Oradan bir yildan ziyod vaqt ötdi. Oxiri A.Saidov huquqni muhofaza qiluvçi organlardan yordam söraşga majbur böldi. I.Otajonov firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan pulning bir qismini mijozga qaytarib berayotgan paytda qölga olindi. Unga nisbatan jinoyat işi qözğatildi va sud hukmi bilan tegişli jazoga tortildi.