O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» xabar berdi.

«Mamlakatimiz qurilish sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, qurilish industriyasi va milliy me'morchilikni rivojlantirish, tizimga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, zamonaviy bino va inshootlarni barpo etish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish, sohaga oid davlat dasturlari ijrosini ta'minlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin», — deyiladi farmonda.

Quyida mukofotlanganlar ro‘yxati keltirilgan:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi»

Xushanov Nuritdin Nurjanovich — Nukus shahridagi «Jayhun universal qurilish» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni

Bobojonov Bekpo‘lat Hayitovich — Shovot tumanidagi «Shovot temir-beton» xususiy korxonasi bosh muhandisi, Xorazm viloyati

Magrupov Yuldash Dadajanovich — «Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish davlat instituti» davlat unitar korxonasi bosh direktori

«Mehnat shuhrati» ordeni

Axmedov Baxtiyor Ag‘zamovich — Jizzax shahridagi «Agrokvant» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Raxmanov Alisher Raximovich — Olmazor tumanidagi «Ijod-ijod» xususiy korxonasi bosh direktori, Toshkent shahri

Samatov Baxodir Umarxanovich — Namangan shahridagi «Dizayn taraqqiyot» xususiy korxonasi rahbari, Namangan viloyati

Yuldashev Olimdjan Madjidovich — «O‘zog‘irsanoatloyiha» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori