AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama kuzda katta siyosatga qaytadi. Bu haqda The Hill Obamaning yordamçilaridan biriga asosan xabar berdi.
Uning sözlariga köra, Obama demokratlar safiga qaytadi. Şu tariqa, u Demokratik partiyada qoladi, biroq uning asosiy yetakçilaridan biriga aylanmaydi.
Sobiq prezidentga yaqin bölgan maslahatçilarning aytişiça, Obama öz partiyasini tiklaşga yordam beradi, ammo uning asosiy işi "sahna ortida" böladi.
Xususan, Obama partiya uçun mablağlar yiğişni boşlaşi mumkin. Şuningdek, naşrning ta'kidlaşiça, u sönggi oylarda Demokratik partiya hayotida ança katta örin tutgan, biroq bu keng jamoatçilikdan sir saqlangan.
Avvalroq OAV Obama AQŞ prezidenti lavozimiga Massaçusetsning sobiq gubernatorini ilgari surayotgani haqida yozgandi.












