AQŞning Şarlotsvill şahrida (Virginiya ştati) favqulodda vaziyat tartibi kiritildi. Bunga esa şaharda ekstremistik ğoyalar tarafdorlari va ularga qarşi çiqayotganlar örtasida yuzaga kelgan töqnaşuvlar sabab bölgan.
Ta'kidlanişiça, töqnaşuvlar millatçilar şahar rahbariyatining “Ozodlik boği”dan Fuqarolik uruşi vaqtida konfederatlar armiyasi generali bölgan Robert Li haykalini olib taşlaş rejasiga qarşi çiqayotgan vaqtda boşlangan. Ma'lumotlarga köra, şaharga 2 mingdan 6 minggaça irqçilar va neonatsistlar, jumladan “Ku-kluks-klan” natsist taşkilotining a'zolari kelgan.
Namoyişni tarqatiş uçun Milliy gvardiya va mahalliy politsiya otryadlari jalb qilingan. Ma'lum qilinişiça, hukumat vakillariga böysunmaganlar hibsga olinganlar.
Vaziyatga AQŞ prezidenti Donald Tramp izoh bergan. “Biz barçamiz birlaşib, ortida adovat turgan barça narsani qoralaşimiz kerak. Bunday zöravonlikka Amerikada joy yöq. Keling, birlaşamiz», deb yozgan Tramp tvitterda.

















