Venesuelada «taşqi intervensiya uyuştirişi» mumkinligini aytgan prezident Donald Trampdan söng, mamlakat vitse-prezidenti Maykl Pens yakşanba kuni sözlagan nutqida «Venesueladagi siyosiy inqirozni tinç yöl bilan hal etişning köplab yöllari bor» ekanini ta'kidlagan.
Lotin Amerikadagi bir neça davlatga taşrif buyurişi rejalaştirilgan Maykl Pensning ayni sözlari Kolumbiyaning Kartaxena şahrida yangradi. «Venesuela masalasida yeçim topiş uçun ixtiyorimizda köplab tanlovlar turibdi. Prezident Lotin Amerikasidagi ittifoqçilarimiz bilan muammo tinç yölda hal qila olişimizga işonadi», deb fikr bildirgan u.
Prezident Trampdan farqli ravişda vitse-prezident «yumşoq diplomatiya» tilida fikrini bayon etdi: «Biz mazkur yarimşardagi ozod xalqlar bilan yelkama-yelka demokratiya tantana qilişi uçun sönggi damgaça birga bölamiz», deydi Pens.
Şuningdek, OAV uçun ötkazilgan qöşma matbuot-anjumani paytida Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos «har qanday intervensiya şakliga qarşi»ligini bildirdi. Maykl Pens esa AQŞ qöşimça iqtisodiy sanksiyalarni joriy etiş böyiça loyiha tayyorlaşini ma'lum qilgan.

















