Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda köplab muhokamalarga sabab bölgan, 6 yildan buyon falaj holda tuğuruqxonada saqlanayotgan Nargiza Ubaydullayeva haqidagi xabar köpçilikni hayratga soldi. Kun.uz tahririyati mazkur holat bilan yaqindan tanişiş, bölib ötgan voqeani asl holati böyiça izohlaş maqsadida Farğona şahar Bursa köçasida istiqomat qiluvçi Habibaxon aya Usmonova xonadoniga taşrif buyurdi. Farzandining unsiz, qilt etmay yotişidan yurak bağri tilka pora bölgan ayol bizga dilidagi bor gaplarni gapirib berdi.
- 2011 yil 27 noyabr kuni qizim biznikiga mehmonga keldi. Öşanda u menga qorni oğriyotganligini, tuğuruqxonaga u bilan qöşilib borişimni aytdi. Tez yordam çaqirişimga unamadi. Birgalikda Kergilidagi şifoxonaga bordik. U yerga kirib borganimizda soat keçki olti yarim bölib qolgandi. Şifoxonaga kirganimizda şanba kuni bölgani uçunmi u yerda heç kim körinmadi. Men kutiş zalida qoldim, qizim köringani şifokor huzuriga kirib ketdi.

Oradan ma'lum bir vaqt ötib, ortidan bordim. Qabulxonada u munğayib ötirardi, tepasida esa qöllarini çöntagiga solib olgan şifokor va hamşira turişardi. Qizim manga kesarça usulda közi yorişini maslahat soldi. Men bunga rozi bölmadim. Şunda haligi şifokor jahl bilan xonadan çiqib ketdi. Qizimni tinçlantirib, yana kutiş zaliga çiqdim. U yerda 15 daqiqalar ötirgaç, bir kişi çiqib, “Ubaydullayevaga kim kelgan?”, deb sörab qoldi. Özimni taniştirdim. “Biz qizingizni olib kirib ketyapmiz”, dedi-yu ögirilib ketdi. Voqealar bunday tez rivoj olganiga şoşib qoldim.

Bundan keyingi voqealar rivoji ham keskin tus oladi. Na onaning va na bolaning roziligisiz bemorni jarrohlik stoliga olişadi. Ammo nimadir böladi-yu, Nargizaning yurak uruşi töxtab qoladi. Öşanda şifokor va hamşiralarning öz işiga sovuq munosabatda bölişi, ilmsizligi va sansolarligi (Habiba Ubaydullayeva izohi) oqibatida bemorning salomatligiga jiddiy putur yetadi. Uşbu holat yuzasidan jinoiy iş oçiladi va mas'uliyatsiz şifokorlar jazoga tortiladi.

Kun.uz jamoasi Nargiza Ubaydullayeva olti yildan buyon falaj holatda yotgan Farğona şahar tibbiyot birlaşmasi tuğuruq kompleksi anesteziologiya-reanimatologiya bölimiga yöl oldi. Bölim boşliği Alişer Azizov bizga quyidagilarni gapirib berdi.
















