Borini el-yurt bilan baham körişni istaydigan xalqimiz özining töylari bilan maşhur. «Topganing töylarga buyursin, iloyo», deya duo qilişadi nuroniylarimiz ham. Azal-azaldan şakllanib kelgan, töylarimiz bilan boğliq çiroyli urf-odatlarimiz ezgu qadriyat darajasiga kötarilgan. Sababi ularda özbek xalqining boy ma'naviy dunyosi, madaniyati aks etgan.
Ammo keyingi paytlarda dabdababozlik, manmanlik, kimözarga töy qiliş, odamlar örtasida soxta obro‘ topiş, turli töqlikka şöxlik qiluvçi odamlar tomonidan öylab topilib joriy etilayotgan, qadriyatlarimizga mutlaqo mos kelmaydigan yangiça urf-odatlar avj olayotgani kişining dilini xira qiladi. Ularda xalqimizning köhna va boy madaniyati emas, balki ayrim kimsalarga xos bölgan maqtançoqlik, xöjakörsinlik, kibru havo namoyon bölmoqda.
Birgina kelin tomonning mebelu sarpo-suruq hamda kuyovning uyini bezaş kabi yaramas illatlar tobora ildiz otayotgani har bir mulohazali kişini taşvişlantirmasdan qolmaydi, albatta.
Bu jiddiy masalani Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ijod ahli bilan uçraşganlarida şaxsan tilga olib ötdi. Prezidentimizning Olmaliq şahriga taşrifida ham töy mavzusi yana kötarildi. Uşbu uçraşuvlar mobaynida jonkuyarlik bilan aytilgan, behuda odatlardan voz keçgan holda avvalo yurtdoşlarimizning soğliğini, moddiy va ma'naviy dunyosini asraşga qaratilgan sözlar aytildi.
Ammo keyingi kunlarda internet naşrlarida prezident sözlari notöğri talqin etilib, (kontekstdan sözlar ajratib olingan holda) öziga xos axborot xuruji amalga oşirilişi kuzatilmoqda.
Bunday xabarlarda töylarni ixçamlaştiriş ortidan töy industriyasi talofat körayotgani dastak qilinadi. Bu yana qanaqa industriya böldi? Öşa töylarimizda paydo bölayotgan yaramas odatlarni urçitayotganlar, yangidan-yangi odatlarni joriy etayotganlar norozimi endi bu tavsiyadan?
Çindan ham, öşa «kelinnavkar», «Love story», önlab maşinalardan kortej yasaş, odamlardan ortib qolib çiqindiga taşlanadigan ulkan tort kesiş kabi yangiça odatlar qadriyatlarimiz, özbekçiligimizga mutlaqo yot narsalar emasmi? Axir, nonning uvoğini ham uvol qilişni katta gunoh deb biladigan xalqqa yaraşadimi şu odatlar?!
Prezident töy qilayotgan oilalarga qiyin bölmasligini — yangi paydo bölgan urf-odatlarni bajaraman, deya mutlaqo özini oqlamaydigan ortiqça sarf-xarajatlarga kirib, qarzga botib, soğliğidan ayrilib qolayotgan hamyurtlarimizni öylab, bunday köngilsizliklarning oldini oliş haqida kuyunçaklik bilan gapirib ötdi. Ayni paytda jamiyatimizda yoş oilalarning buzilib ketayotganiga boş sabab ana şunday töylar ortidan kelayotgan maşmaşalar ekanligi hamma joyda aytilayapti-ku!? Hamma körib-bilib, özi guvoh bölib turibdi bunday «tomoşa»larga. Bunday dabdabali töylarga iç-içidan qarşi bölgan, ammo «odamlar qilyapti, men ham qilişga majburman, qaniydi hammani birday tartibga soluvçi qonun-qoidalar bölsa» deb öylovçi yurtdoşlarimiz ham köpligini bilamiz.

















