Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduga Ispaniya Superkubogi uçun «Barselona»ga qarşi keçgan uçraşuvdagi harakati böyiça jazo belgiladi.
Öyinning 82-daqiqasida öyin boş hakami Rikardo Bengoeçea 32 yoşli portugaliyalik futbolçi katalonlar jarima maydonida simulyatsiya qilgaç unga ikkinçi sariq kartoçka körsatgandi. Bu vaziyatda Ronaldu arbitrni turtgan, bu holatni hakam öyin protokoliga kiritgandi.
RFEF Ronalduni agressiv harakatda ayblagan va unga diskvalifikatsiya qöllagan: u hakamni turtgani uçun 4 öyinga, qizil kartoçka uçun 1 öyinga çetlatişgan.
Bu diskvalifikatsiya Ispaniya çempionati öyinlariga ham taalluqli böladi. Ronaldu endi «Barselona»ga qarşi javob uçraşuvini va Ispaniya çempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarşi öyinlarni ötkazib yuboradi.

















