Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qozog‘istonga Novosibirsk yaqinidagi ko‘lni berdi
Rossiyaning Novosibirsk viloyati Kupinsk tumanida joylashgan Sladkoye ko‘li chegaralarning demarkatsiyasidan so‘ng Qozog‘istonga berildi. Bu haqda Kupinsk tuman ma'muriyati saytida xabar qilingan.
«Demarkatsiya ishlarini o‘tkazishdan avval Kupinsk tumanining Pokrovka qishlog‘idan 5 kilometrlik masofada joylashgan Sladkoye ko‘li bir qismi Rossiya Federatsiya hududida edi. Ov mavsumi paytida ushbu ko‘lga juda ko‘plab ov havaskorlari kelardi – mahalliy aholi vakillari ham, Novosibirsk va Omsk viloyatlarining tumanlarida yashovchilar ham», - deyiladi xabarda.
Demarkatsiya yakunlanganidan so‘ng ko‘l butunlay Qozog‘istonga o‘tdi. Tuman ma'muriyati shu sababdan mahalliy aholi va bu yerga kelganlarni chegara rejimini buzmaslik haqida so‘ramoqda.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026