Xitoyning Xuaynan şahrida insoniyat tarixida ilk bor suzuvçi quyoş batareyalari işga tuşirildi. Ayni paytda suvda harakatlanuvçi energiya manbai eski kömir kon zaxirasi örnida işga tuşirildi. Bu haqda China Daily naşri xabar bergan.
Naşr muxbirining yozişiça, 86 gektar suv maydonini egallagan quyoş energiyasini özida töplaydigan batareyalar umumiy hisobda 1200dan ortiqni taşkil etadi. Muhandislar bergan ma'lumotlarga köra, barça qurilmalar birgalikda 15 ming xonadondagi elektr energiyaga bölgan talabni bemalol qondira oladi.


Loyihani şu sohada yetakçi bölgan Xitoyning Sungrow Power Supply Co Ltd kompaniyasi tayyorlagan bölib, suvdagi batareyalar har qanday tabiat injiqliklariga çidamkor qilib tayyorlangan. Dastlabki suzuvçi energiya manbalari 25 yil işlatilişi rejalaştirilmoqda.

















