Keln ostida Germaniyada birinçi quyoş batareyalarida işlovçi velosiped yölakçasi qurildi. U elektr energiyasini işlab çiqarib, qişda ham özini-özi isitadi.

Hozirça uning uzunligi atigi 90 metrni taşkil qiladi va şuning öziga ham ança mablağ sarflangan. Biroq buning narxi germaniyaliklarni çöçitmayapti, ular uşbu energosamarali loyihaga katta umid boğlaşmoqda.

Erfştadt şahridagi elektr işlab çiqaruvçi veloyölakça şişa plitkadan işlangan. Uning ostida quyoş batareyalari, isituvçi elementlar va harakat sensorlari mavjud. Yuqori texnologiyali trassa uçun joylaşuv nuqtasi tasodifiy tanlov emas: uning yonida daraxsiz oçiq dala joylaşgan va u yer doim yoruğ böladi.

Loyiha mualliflarining ma'lum qilişiça, "quyoşli yölakça"ning har bir kvadrat metri yiliga 100 kVt*s energiya işlab çiqaradi, u 3-4 oilani elektr energiya bilan ta'minlaşi mumkin. Bu energiyadan, şuningdek, qoronğuda veloyölakçani yoritişda ham foydalaniş mumkin.

Nemis muhandislarining ta'kidlaşiça, plitka eniga atigi 13 mm bölsa-da, hatto oğir yuk maşinasini ham heç qanday muammosiz kötara oladi. Yöl "aqlli" funksional bilan jihozlangan - u ötgan velosipedlar sonini qayd qiladi va ma'lumotlarni maxsus tabloda aks ettiradi. Bundan taşqari, u yölning yuzasi muzlaganini avtomatik ravişda aniqlab, isitiş tizimini yoqadi. Şu tariqa u qişki mavsumda harakatlar xavfsizligini hamda uni tozalaşda tejamkorlikni ta'minlaydi.

Mazkur loyiha Yevroittifoq tomonidan moliyalaştirildi. Tajriba muvaffaqiyatli ötsa, tez orada har bir inson nafaqat quyoş batareyalari, balki köp funksiyali yölakçalarni ham qölga kiritişi mumkin. Loyiha mualliflarining sözlariga köra, seriyali işlab çiqariş yölga qöyilgan taqdirda, "quyoşli" plitkaning 1 kvadrat metri 250 yevroga baholanadi.