
Miriqib hordiq chiqarishni va tanangizni "xursand" qiluvchi foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanishni istaysizmi? Qo‘rquvni yengib, "O‘rgimchak odam", "Betmen" kabi parvoz qilishnichi? U holda sizlarni Toshkentda o‘z faoliyatini boshlagan ajoyib batut markazi - IFly kutib qoladi.
Batut o‘zi nima?
Batut fransuzcha "batoude" - "zarba" so‘zidan olingan bo‘lib, sakrash uchun moslangan qurilmadir.
IFly - Toshkentda ochilgan birinchi batut markazlari bo‘lib, bu yerda yoshidan qat'i nazar har bir inson o‘z vaqtini maroqli va unutilmas o‘tkazishi kafolatlanadi.
Foydali va quvnoq mashg‘ulot
Batutda sakrash eng quvnoq va foydali mashg‘ulotlardan biri bo‘lib, u qomatni ideal shaklga kelishi va mushaklarni to‘g‘ri harakatlanishiga yordam beradi. Bu sport turi insonga ko‘tarinki kayfiyat, tetiklik bag‘ishlaydi. Shuningdek, batutda sakrash inson tanasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi olimlar tomonidan ham isbotlangan.

Batutning foydali jihatlari
* Organizmdagi qon aylanishini yaxshilaydi
* Ozishga yordam beradi
* Bo‘g‘imlar moslashuvchanligi ortadi
* Mushaklarni mustahkamlaydi
* Inson ruhiy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi
* Qon bosimni normal holatga keltiradi
Toshkentdagi birinchi batut markazi
2017 yil 14 yanvar kuni Integro majmuasida Toshkentdagi birinchi IFly batut markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markazda 13ta butut moslamalari, yumshoq kubikli basseyn, basketbol halqalari joylashgan.


Professional trenerlar tashrif buyurganlarga batutda sakrash, tryuklar bajarish va gavdani to‘g‘ri tutish qoidalarini o‘rgatishadi.






















