Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paulino Xitoydagi haydovchisiga Mercedes-Benz sovg‘a qilib qoldirdi
«Guangchjou Evergrand» klubi xo‘jayini Lyang Ke «Barselona»ga 40 million yevro evaziga o‘tgan Paulino haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Paulino hech qachon norozi kayfiyatda bo‘ladigan inson emasdi. U kim bilan uchrashsa o‘sha odam bilan yaxshi so‘rashar va oxirida albatta minnatdorchilik bildirardi. U hech qachon ko‘mak berishdan ham qochmagan. Uning pulga munosabati butunlay boshqacha edi — aksincha u pullarini sovg‘alar qilishga sarflashni yaxshi ko‘rardi. Misol uchun u Xitoydagi haydovchisiga Beats quloqchinlari va Mercedes-Benz avtomobili sovg‘a qilgandi.
Paulino bu yerga Braziliyadan shaxsiy ortopedi bilan kelgandi. Massajchining Xitoyga moslashuvi qiyin kechishini sezgan zahoti, uning oilasi bu yerga ko‘chib kelishi uchun barcha xarajatlarni ko‘targan. Bundan tashqari u, o‘sha massajchining bollarini xalqaro maktabda o‘qishi uchun pul to‘lardi. Hattoki bir safar ulardan birining operatsiyasi uchun ketgan pulni ham to‘lab bergan», – deya Lyang Kening so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026