Firibgarlik jinoyatining oldini oliş borasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentining Samarqand viloyat boşqarmasi fuqarolar tomonidan kelib tuşayotgan murojaatlarni örganib, turli xil soha vakillari tomonidan öz mansab vakolatini suiste'mol qilgan holda firibgarlik yöli bilan özganing mulkiga ega çiqiş holatlarini aniqlamoqda.

Xalqimizda şifokorlar oq xalatdagi oqköngil insonlar deyişadi. Afsuski, oq xalat ostida özining qora niyatlarini amalga oşirib kelayotgan ustamon şifokorlar ham yöq emas. Joriy yilning 10 iyul kuni fuqaro Şaripovaning murojaati asosida Pastdarğom tuman Tibbiyot birlaşmasi tez tibbiy yordam bölimi navbatçi şifokori Vafoqul Rustamov uni nogironlik nafaqasiga çiqariş uçun hujjatlarni rasmiylaştirişni 59-sonli Pastdarğom tumanlararo mehnat ekspertiza komissiyasi vakolatli şaxslari orqali hal qilib berişni va'da qilib, 300 AQŞ dollari miqdoridagi pulni talab qilişadi. 

Nafs insonni nelarga yetkaklamaydi deysiz, pora evaziga özganing muammosini hal qilib bermoqçi bölgan Vafoqul Rustamov öz uyida belgilangan pulning 700 ming sömini olayotganda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olindi.

Şuningdek, joriy yilning 12 may kuni fuqaro Möminovning arizasi asosida Samarqand tuman prokuraturasi va Departamentning Samarqand viloyat boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand tumani «Zarafşon» elektr tarmoqlari korxonasi huquqşunos yordamçisi Nozirjon Tohirov tomonidan huquqşunos Nazir Ne'matov xabardorligida Möminovga nisbatan tuzilgan dalolatnoma böyiça qarzdorlikni yöq qilib, elektr energiyasidan qarzdorligi yöqligi haqida ma'lumotnoma tayyorlab beriş evaziga fuqaro Möminovdan 250 ming söm pullarni firibgarlik yöli bilan olayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan uşlanib, xolislar iştirokida rasmiylaştirildi.

Mamlakatimizda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida qator qaror va farmonlar çiqarilmoqda. Ammo ayrim uddaburon rahbarlarning noqonuniy xatti-harakati evaziga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqarolarning niyati amalga oşmay qolmoqda.

Joriy yilning fevral oyida fuqaro I.Tillayevni arizasi yuzasidan ötkazilgan tadbirda, Samarqand şahri MÇJ şaklidagi «Marmar bozori» dehqon bozori direktori Uluğbek Axunov va boşqalar til biriktirib, fuqaro I.Tillayevga bozor xududidan köçma şoxobça örnatiş uçun joy ajratiş va hokimiyat orqali ruxsat beruvçi hujjatlarni tayyorlab beriş evaziga 150 AQŞ dollarni direktor örinbosari fuqaro Şodiyev orqali olgan vaqtda uşlandi.

Ayni paytda, yuqoridagi holatlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddalari asosida jinoyat işi qözğatilib, jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.